Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar tizimining «qorindor» xodimlari ishdan chetlatilishi mumkin

Ichki ishlar tizimining «qorindor» xodimlari ishdan chetlatilishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Ichki ishlar tizimidagi vazni belgilangan me’yordan ortiq xodimlarga javob bervorilishi mumkin. Bu haqda vazirlik  bo‘lim boshlig‘i Farid Abdiyevga asoslanib, «Sof.uz»  ma’lum qildi.

Abdiyevga ko‘ra, tizimdagi vazni belgilangan normadan ortiqcha bo‘lgan xodimlar alohida ro‘yxatga olingan. Shuningdek, ularga o‘z vazni ustida ishlashlari uchun barcha kerakli sharoitlar yaratilib, har biri ogohlantirilgan. Tibbiy muassasalar tomonidan tibbiy yo‘nalish va ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Bundan tashqari, kasbiy va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ushbu kadrlar bilan alohida mashqlar o‘tkazilgan.

«O‘z ustida ishlamagan va ortiqcha vaznini yetarli me’yorga tushirmagan xodimlar yangi yil choragida attestatsiyadan o‘tkaziladi va ularning Ichki ishlar tizimida o‘z faoliyatini davom ettirish yoki davom ettirmaslik masalasi hal etiladi», — dedi Abdiyev.

Ma’lum qilinishicha, keyingi 2020-yilning birinchi choragi davomida asosiy xizmatlar, xususan, YPX tizimlarida attestatsiya o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring