Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV xodimlari qanday holatlarda fuqaro avtomobilidan foydalanishi mumkin?

IIV xodimlari qanday holatlarda fuqaro avtomobilidan foydalanishi mumkin?

Foto:«Xabar.uz»

Ichki ishlar organlari xodimlari quyidagi holatlarda fuqaro avtomobilidan majburiy tartibda foydalanishi mumkin:

- tabiiy ofat yuz bergan joyga borish;
- shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiy muassasalarga olib borish;
- jinoyat sodir etgan shaxslarni ta’qib qilish va ichki ishlar organlariga olib kelish;
-hodisa joyiga yoki ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibini jangovar trevoga bo‘yicha to‘plash joyiga borish uchun.

Bu holatda, transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi hujjat beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring