Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin vaqtida jinoyatga qo‘l urdi

Karantin vaqtida jinoyatga qo‘l urdi

2020-yilning 27-mart kunidan 28-mart kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Andijon shahri Musayev ko‘chasida joylashgan va 43 yoshli I.U., ga tegishli avtomashinalarni yuvish shoxobchasiga devor oshish yo‘li bilan kirib, u yerdagi temir seyf ichida bo‘lgan 87.500.000 so‘m va 36.100 AQSh dollar pullarini o‘g‘irlab hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 21 yoshli A.P. sodir etganligi aniqlanib, uning yashash xonadonidan 32.431 AQSh dollari va 47.390.000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

A.P. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi extiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring