Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelesda 655,44 gramm marixuana va 1 tup nasha o‘simligi topildi

Kelesda 655,44 gramm marixuana va 1 tup nasha o‘simligi topildi

Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari DXX Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari bilan hamkorlikda Keles shahrida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida, qo‘shni davlat fuqarosi F.M. fuqaro A.X.ga namuna sifatida olib kelgan, paketchalarga joylangan marixuana giyohvandlik vositasini berayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro A.X.ning yashash xonadoni ham belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi va ushbu shaxs o‘z yashash uyida yirik miqdorda giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tadbir davomida jami bo‘lib, 655,44 gramm marixuana va 1 tup nasha o‘simligi ashyoviy dalil sifatida olindi. Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring