Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim kimni aldayapti? Andijonda ajabtovur ishlar bo‘lgani aytilmoqda

Kim kimni aldayapti? Andijonda ajabtovur ishlar bo‘lgani aytilmoqda

Foto: Xabar.uz

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida ajabtovur ishlar bo‘lgani aytilmoqda.

Joriy yilning 29-iyun kungi Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari 309-K-son qarori bilan ro‘yxatga olingan Andijon shahar Kengashining oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq kun tartibida 7 ta masala ko‘rilgandi.

Ular quyidagilar iborat:

  • Andijon shahar 2-sektor hududidagi MFYlarida pandemiya davrida olib borilgan ishlar to‘g‘risida shahar prokurori Q.Asqarovning axboroti;
  • Andijon viloyat Madaniy meros ob’yektlarini saqlash boshqarmasi boshlig‘i B.Umarovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4030 sonli Qarori ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar;
  • Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun Andijon shahar Cho‘lpon shoh ko‘chasi 12, 124-sonli ko‘p kvartirali turar-joy bino-inshootlari joylashgan yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risida;
  • shahar hokimining 2020-yil 3-apreldagi 176-Q sonli qarorini bekor qilish to‘g‘risida;
  • shahar hokimining 2020-yil 25-maydagi 244-Q sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida;
  • shahar hokimining 2020-yil 26-maydagi 246-Q sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida;
  • shahar hokimining 2020-yil 17-iyundagi 286-Q sonli qarorni tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar.

Mazkur masalalar, tabiiyki, deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, ko‘rib chiqilgan.

Ammo... bir muddat vaqt o‘tganidan so‘ng ma’lum bo‘lishicha, mutasaddilar tomonidan Kengashda mutlaqo ko‘rilmagan qator masalalar Oltinchi sessiya qarori bilan tasdiqlanibdi, go‘yo...

Endi «ko‘rilgan» deya hisoblanib, qarorga qo‘shilgan masalalar bilan tanishsak:

  • Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 2020-yil I yarim yilligi davomida olib borgan faoliyati bo‘yicha axboroti to‘g‘risida;
  • «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati doirasida 1-sektor hududidagi mahalla fuqarolarning yig‘inlarida amalga oshirilgan ishlar tahlili to‘g‘risida;
  • «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati doirasida 3-sektor hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilgan ishlar tahlili to‘g‘risida;
  • «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati doirasida 4-sektor hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilgan ishlar tahlili to‘g‘risida;
  • Andijon shahridan «Faxriy murabbiy» ordeniga munosib nomzodlarni taqdim etish tanlov komissiyasi tarkibi va komissiyaning asosiy vazifalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
  • Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasiga tushgan mablag‘larni sarflash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi deb, Kengash muhri bilan tasdiqlangan.

Shu o‘rinda e’tiboringizni muhokamaga qo‘yilgan birgina qarorning tahliliga qaratmoqchiman, deb yozadi mahalli kengash deputatlaridan biri. Kengashda Andijon shahar hokimining 2020-yil 17-iyundagi 286-Q-sonli «Gafurov Zaxriddin Shamsiddinovichni Andijon shahar hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i vazifasidan ozod etish to‘g‘risida»gi qarori tasdiqlanyapti. Biroq, xuddi shu kungi sessiya qarori bilan «Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasiga tushgan mablag‘larni sarflash to‘g‘risida»gi qarorida  (5-band) uning ijro etilishini nazorat qilish... hokimning avvalgi qarori bilan «ishdan bo‘shatilgan» Andijon shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Z.Gafurovga (!) yuklatilyapti?!

O‘z o‘rnida savol tug‘iladi: lavozimdan bo‘shatilgan insonga nega yana vazifa yuklatilyapti? Yoki ushbu sobiq mutasaddining vakolat doirasi xizmat vazifasidan ozod etilganidan so‘ng ham amal qilaveradimi?

Ijro hokimiyati va boshqaruvi organlariga qonunlarimiz shart emasligiga ham o‘rganib qolyapmiz, biroq, iqtisodiy sudga soxta qarorni chiqartirishga ne zarurat bor?

Biz shunchaki xulosa qilmayapmiz. Faqatgina arqonni uzu-un tashlab, natijani kutyapmiz xolos, deydi mahalliy deputat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring