Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kitob o‘qimaydigan sudya qolmasin!»

«Kitob o‘qimaydigan sudya qolmasin!»

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida «Adolat» huquqiy axborot markazi tomonidan so‘nggi yillarda nashr etilgan sohaga doir adabiyotlar va jahon adabiyotining sara asarlari jamlangan kitoblar ko‘rgazmasi va savdosi tashkil etildi. Unda    ikki yuzdan ortiq turli nomdagi kitoblar,  O‘zbekiston Respublikasi kodekslari va ularga yozilgan sharhlar jamlangan to‘plamlar namoyish etilib, mutolaa uchun tavsiya qilindi.

Ko‘plar qatori Sudyalar oliy maktabi tinglovchisi Nargiza Sharipova ham uyushtirilgan ushbu tadbirdan mamnun. «Yuksak ma’naviyatli bo‘lish vositalaridan eng maqbuli –  kitobxonlik ekanligini kimga sir? - deydi u. - tizim xodimlaridan eng birinchi talab etiladigan sifat ham  shu-ku?!»

Darvoqe, O‘zbekiston sudyalar oliy kengashi raisi Ubaydullo Mingboyev haftaning bir kunini butun sud tizimida «KITOBXONLIK KUNI» deb e’lon qilishni taklif etdi. Taklif faol qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bugungi tadbir esa o‘sha taklifning ilk aks-sadosi hisoblandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring