Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahkumlarga oliy ta’lim olish imkoniyatini yaratish taklif etilmoqda

Mahkumlarga oliy ta’lim olish imkoniyatini yaratish taklif etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jinoiy jazoni ijro etish tizimida ta’limni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama qo‘yildi.

Hujjat loyihasi Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarning masofaviy ta’lim shakli orqali umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim olishi uchun imkoniyat va sharoitlarni yaratish taklif qilmoqda.

Shu maqsadda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarning masofaviy ta’lim shakli orqali:

  • umumiy o‘rta ta’lim olishi uchun jazoni ijro etish muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan umumta’lim muassasalarida;
  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishi uchun jazoni ijro etish muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan kasb-hunarga o‘qitish markazlarida;
  • oliy ta’lim olishi uchun ilovaga muvofiq oliy ta’lim muassasalaridamaxsus o‘quv guruhlari tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, maxsus o‘quv guruhida ta’lim oluvchilar soni 30 kishidan ortiq bo‘lmaydi va oliy ta’lim muassasalarining belgilangan umumiy qabul kvotalari soniga ham kirmaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladi.

Shuningdek, hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining tashkiliy-shtat tuzilmasiga Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘ining ta’limni tashkil etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini joriy etish va Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 8 shtat birligidan iborat Ta’limni tashkil etish boshqarmasi tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.

Jinoiy jazoga hukm qilingan shaxslarning xulq-atvorini baholashda, jazosini yengilroq jazoga almashtirishda, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishda ularning ta’lim olish va kasb-hunar o‘rganishga vijdonan munosabatda bo‘lganligini alohida e’tiborga olinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring