Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tergov departamenti: 12 nafar qizni fohishalikka majburlagan ayol ushlandi

Tergov departamenti: 12 nafar qizni fohishalikka majburlagan ayol ushlandi

Illyustrativ foto

2018-yilning avgust oyidan joriy yilning oktyabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 44 yoshli O.K. Samarqand shahrida joylashgan uylarning birida K.U., R.E., A.A., K.A., M.F., L.M., M.Sh., G.M., M.R., H.S., D.R. va Z.B. larga ijaraga boshpana berishni va’da qilib, ularning fuqarolik pasportlarini g‘ayriqonuniy ravishda egallab oladi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu tarzda ularni o‘ziga qaram qilib, tungi vaqtda Samarqand shahar Ro‘dakiy ko‘chasi va boshqa joylarida fohishalik bilan shug‘ullanishlariga majburlab, ularni zo‘rlik bilan ishlatib, har biridan kunlik 200.000 so‘mdan 500.000 so‘mgacha pulni topish rejasini qo‘yadi. Ushbu yo‘l bilan topilgan pullarni o‘zida saqlab, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflaydi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O.K., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi «B» bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, o‘tkazilgan tintuv tergov harakati davomida yuqoridagi shaxslarning fuqarolik pasportlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Hozirda O.K. jinoyat ishi doirasida JKning 135-moddasi 2-qismi «B,i» bandlari bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi tanlangan.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring