Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ohangaronda shirkat rahbari ushlandi

Ohangaronda shirkat rahbari ushlandi

Ohangaron tumanida tadbirkorning 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan shirkat rahbari ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Ohangaron tumanidagi «G‘.» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari M.S. shirkat hududida joriy ta’mirlash ishlarini bajargan «P.S.» MChJ rahbari E.dan MChJ hisob raqamiga amalga oshirilgan ishlar uchun shartnomaga asosan pul o‘tkazib berish evaziga 500 AQSh dollari talab qilib, shundan 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring