Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Oluvringlar, davlatning yeri kamayib qolmaydi...»

«Oluvringlar, davlatning yeri kamayib qolmaydi...»

Yerfurushlik bilan bog‘liq jinoyatlar «Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi» kinosidagi soxta shohning gaplarini yodga solaveradi deng: «Oluvringlar, davlatning yeri kamayib qolmaydi».

Ilgari ham, hozir ham yer maydonlari – davlatniki. Tegishli tartib-qoidalarga asosan sotib olinsa, boshqa gap. Aholi yildan yilga ko‘payib, har qarich yer qadri oshib borar ekan, davlatning yerini o‘zlashtirishga harakat bo‘laverar ekanda.

Mana, Namanganning Yangiqo‘rg‘onida yerfurushlikka oid yana bir jinoyat fosh etildi. Ya’nikim, tumandagi fermerlardan biri o‘ziga ijara asosida biriktirib berilgan ochiq yer maydonidan 2 gektari pullashga tushsami?! Shuncha yer maydonini fuqaro N.R.ga xususiy bog‘dorchilik va uy-joy qurish uchun rasmiylashtirib berishni 35 ming AQSh dollariga  baholab, 4000 «ko‘k»i-yu qolganini o‘zimizning so‘mda (28,5 mln.) olayotganida ushlandi. 

Bosh prokuratura matbuot xizmatining mahkama huzuridagi departament ma’lumotlariga tayanib bergan xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harkatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring