Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda tez yordamni yolg‘ondan chaqirganlik uchun jazo belgilanishi mumkin

O‘zbekistonda tez yordamni yolg‘ondan chaqirganlik uchun jazo belgilanishi mumkin

AOKA huzuridagi shtabda Canitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifing davomida mutasaddi tez yordam xizmatini yolg‘ondan chaqirganlik uchun jazo belgilanishi haqida savolga javob berdi.

— Nega Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokorlarni uyga chaqirish uchun belgi va mezonlar ro‘yxatini joriy etmagan (shuningdek, yolg‘on chaqiruv uchun ham javobgarlik)? Axir hozirgi vaziyatda shifokorlarning haqiqiy yordamiga muhtoj tizimlarda kadrlar yetishmaydiku!

— O‘z vaqtida berilgan savol. O‘zbekistonda har yili 10000 dan ortiq yolg‘on chaqiruvlar amalga oshiriladi. Haqiqatdan ular shifokorlarning behuda vaqtini oladi va tez yordamga muhtoj odam esa bunday vaziyatda aziyat chekishi mumkin. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Sog‘liqni saqlash tizimi bilan hamkorlikda ushbu masala ishlab chiqilmoqda va umid qilamizki, tez kunlarda yolg‘on chaqiruvlar uchun jazo choralari belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring