Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zsuvta’minot» AJga imtiyozlar berildi

«O‘zsuvta’minot» AJga imtiyozlar berildi

Respublika suv ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.

Prezident farmoni bilan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimiga kiruvchi suv ta’minoti DUKlari negizida ushbu korxonalarni MChJlar sifatida qayta tuzish orqali «O‘zsuvta’minot» AJ tashkil etildi.

Qarorga ko‘ra, «O‘zsuvta’minot» AJ:

- emission qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish yig‘imlaridan;

- qayta tashkil etilayotgan DUKlarning avtotransport vositalari topshirilishini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda avtotransport yig‘imlarini to‘lashdan ozod etildi.

«O‘zsuvta’minot» AJga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilishga va jamiyat mablag‘lari hisobidan ularga erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada ish haqi va boshqa to‘lovlarning miqdorini belgilashga ruxsat etildi.

Qaror bilan, shuningdek, 2020-yilda respublikaning ichimlik suv ta’minoti va suv chiqarish ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring