Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Piskentda ishchilar maoshini bermagan korxona rahbari jarimaga tortiladi

Piskentda ishchilar maoshini bermagan korxona rahbari jarimaga tortiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan «NATURE COTTON» MChJ ishchi-xodimlariga oylik maosh bermayotganligi yuzasidan xabar tarqalgan edi.

Davlat mehnat inspeksiyasi vakillari tomonidan mazkur vaziyat o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, ish beruvchi qo‘lostidagi xodimlarning bir guruhi (2019 yilning dekabr oyida 28 nafar ishchi-xodim, joriy yilning yanvarida esa 13 nafar ishchi-xodim)ga o‘z arizalariga ko‘ra oylik maoshi saqlanmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 150-moddasi asosida mehnat ta’tillari bergan.

Shuningdek 2019 yilning 15 dekabrida Ohangaron shahridagi IIV JIEBB koloniyasi bilan jami 100 nafar ishchi kuchini xizmat ko‘rsatish ishlariga jalb qilish yuzasidan shartnoma tuzilgan va shu asosda MChJga ishchi kuchi jalb etilgan.

Mazkur vaziyat o‘rganilib, ishchilar, M.Xamraqulova, U.Yuldashev, B.Mo‘minov, A.Shomatovga oylik ish haqlari undirib berildi.

MChJ rahbariga boshqa xodimlarning ham ish haqlarini to‘lab berish va keyinchalik qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida yozma ko‘rsatma kiritildi. Shuningdek unga nisbatan ishchilarning ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lab bermagani sababli ma’muriy jarimaga tortish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring