Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Plastik kartadan pul yechib olgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Plastik kartadan pul yechib olgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Foto: «Berdmedia.ru»

2021-yil 17-aprel kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra joriy yil 20-fevral kunidan 15-aprel kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida unga tegishli ATB «Agrobank» Yangiqo‘rg‘on tumanidan berilgan «Xumo plastik» kartasidan noma’lum shaxs, jami 1.278.637 so‘m pulni yashirin ravishda yechib olganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Yangiqo‘rg‘on tumani IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 12-may kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deya xabar berdi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring