Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura «Andijoncha tender»ni o‘rganmoqda

Prokuratura «Andijoncha tender»ni o‘rganmoqda

Foto: Xabar.uz

Telegramdagi «davletovuz» kanali tomonidan Andijon va Jizzax viloyati hokimliklari mas’ullarining davlat xaridlari bo‘yicha «o‘yinlari» borasida olib borilgan surishtiruvlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Blogerlar tomonidan surishtiruvlar e’lon qilingach, barcha belgilari bo‘yicha korrupsion hisoblangan ushbu holatlar bo‘yicha viloyat prokuraturalari ish ochdimi, Andijon va Jizzax viloyat prokuraturasi nega jim, degan savollar yuzaga kela boshladi.

Nihoyat, Andijon viloyati prokuraturasi holat bo‘yicha qisqa bayonot berdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda «Andijoncha tender, qarindoshlik va milliardlik davlat buyurtmalari» nomli maqola e’lon qilingan bo‘lib, unda mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun o‘tkazilgan tanlov va tenderlarda shaffoflik ta’minlanmaganligi bayon etilgan.

Hozirda mazkur maqolada bayon etilgan holatlar viloyat prokuraturasi tomonidan tegishli soha mutaxassislari ishtirokida o‘rganilmoqda.

O‘rganish natijasi bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi», deyiladi bayonotda.

Jizzax masalasida hali bayonot bo‘lmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring