Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prokuratura va DXX xodimlarining daxlsizligi qisqartiriladi

Prokuratura va DXX xodimlarining daxlsizligi qisqartiriladi

Senatning 25-yalpi majlisida senatorlar «Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ma’qulladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Mazkur qonun bilan prokuratura organlari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari javobgarligini oshirish maqsadida «Prokuratura to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunlardan mazkur organlar yuqori turuvchi mansabdor shaxslarining roziligi bilan ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi normalar chiqarib tashlandi.

«Prokuratura to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 49-moddasiga (Prokuratura organlari xodimining daxlsizligi) muvofiq hozirda prokuratura organlari xodimlarining ma’muriy huquqbuzarlik va intizomiy nojo‘ya xatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi. Yangi tahrirda esa so‘nggi band olib tashlangan. Endilikda prokuratura organlari xodimlarining ma’muriy huquqbuzarlik va intizomiy nojo‘ya xatti-harakati uchun javobgarlikka tortishda rahbariyat roziligi talab etilmaydi.

«O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunining 37-moddasidan (Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining daxlsizlik kafolatlari) Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tegishincha Davlat xavfsizlik xizmati raisining, Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari boshliqlarining roziligi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkinligi to‘g‘risidagi norma chiqarib tashlanyapti.

Senatorlar mazkur o‘zgarishlar prokuratura organlari va DXX xizmatchilarining mas’uliyatini oshirishga qaratilganini qayd etdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring