Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Propiskaning yana yopilishi» bilan bog‘liq gap-so‘zlarga oydinlik kiritildi

«Propiskaning yana yopilishi» bilan bog‘liq gap-so‘zlarga oydinlik kiritildi

Foto:«Xabar.uz»

«Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida»gi Qonun bilan propiskaga oid ko‘plab cheklovlar bekor qilingan edi.

Jumladan, endilikda doimiy yashash joyidan qat’iy nazar Toshkentda ikkilamchi bozordan ham uy olish imkoni va boshqa yengilliklar berildi. 

So‘nggi vaqtlarda aholi orasida «Propiska yaqinda yana yopilarkan, ochilgani ma’lum muddat amal qilinadigan aksiya ekan» degan gap-so‘zlar tarqaldi.

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi mish-mishlar tarqalgani yuzasidan izoh berdi.

Birinchidan, Prezident Farmonlari bilan 2020-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkni olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lish talab qilinmasligi belgilandi.

Shunga ko‘ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan ko‘chmas mulk sotib olish uchun ushbu hududlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi sharti butunlay bekor bo‘lgan.

Ikkinchidan, 2020-yil 21-maydan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida birlamchi bozordan yangi qurilgan uy-joy sotib olishda shartnoma summasining 5 foizi miqdorida davlat boji to‘lash tartibi bekor bo‘ldi.

Uchinchidan, «Toshkent shahrida propiska yopilishi yoki ochilishi» masalasiga ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirishning hech qanday aloqasi yo‘q.

To‘rtinchidan, bugungi kunda Respublikamiz hududida 818 nafar notariuslar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun fuqarolar istalgan notariusga murojaat qilishi mumkinligi, faqatgina Toshkent shahridagi notariuslar Toshkent shahridagi ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirishi mumkin degan fikrdan yiroq bo‘lishi lozimligi ma’lum qilinadi.

Propiska tizimini isloh qilish bilan bog‘liq ishlar dastlab prezident Shavkat Mirziyoyevning murojaatnomasi sabab boshlangandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring