Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qidiruvdagi shaxs ushlandi

Foto: «IIV.UZ»

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida ichki ishlar organlarining barcha sohaviy xizmatlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda jinoyat sodir etib surishtiruv, tergov va sud idoralaridan qochib yurgan shaxslarning yashirinib yurgan joylarini aniqlash, ularni topib odil sudlovga topshirish, jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash maqsadida bir qator tezkor va profilaktik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda, deya xabar berdi Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.

Ana shunday tezkor tadbirlardan biri joriy yilning 6-noyabr kuni Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati bataloni xodimlari hamkorligida o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilib, javobgarlikdan qutulish maqsadida sud idoralaridan yashirinib yurganligi uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan 2020-yil 21-sentyabr kunidan e’tiboran qidiruv e’lon qilingan, Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan fuqaro E.V. ning Jondor tumanidagi chekka hududlardan birida  yashirinib yurganligi aniqlanib qo‘lga olindi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya va Jazoni ijro etish bo‘limi 4-son Tergov Hibsxonasiga joylashtirilib, qidiruv bekor qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring