Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qonunchilikka muvofiq podani haydab ketayotgan shaxs haydovchiga tenglashtiriladi

Qonunchilikka muvofiq podani haydab ketayotgan shaxs haydovchiga tenglashtiriladi

Foto: Xabar.uz

Qonunchilikka muvofiq ot aravani boshqarayotgan, hayvonlarni minib harakatlanayotgan yoki ularni yetaklab borayotgan, chorva mollari (poda)ni haydab borayotgan shaxslar haydovchiga tenglashtiriladi. Bu haqda adliya vazirligi kanalida ma’lumot berildi.

Yo‘lda velosiped, aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab o‘tish 14 yoshdan kichik bo‘lmagan, mopedni boshqarish esa 16 yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslarga ruxsat etiladi.

Aravani boshqarayotgan, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni, podani haydab ketayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:

yo‘llarda hayvonlarni nazoratsiz qoldirish;

podani temir yo‘ldan va yo‘lda maxsus ajratilmagan joylardan, shuningdek ruxsat etilgan joylarda esa qorong‘i vaqtda va yetarli ko‘rinmaslik sharoitida haydab o‘tish;

boshqa yo‘llar bo‘lganda hayvonlarni mukammal qoplamali yo‘llarda haydab borish;

ko‘kalamzorlashtirilgan joylarda (yo‘l, yo‘l yoqasi, ajratuvchi bo‘lak va h.k.) hayvonlarni boqish va bog‘lab qo‘yish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring