Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘qonda «pul pulni chaqiradi» deb o‘ylagan rahbarni bankir «kiydirib» ketdi

Qo‘qonda «pul pulni chaqiradi» deb o‘ylagan rahbarni bankir «kiydirib» ketdi

Foto: Xabar.uz

2020-yilning iyul oyidan dekabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 31 yoshli Husanjon T. Qo‘qon shahridagi tanishi 38 yoshli Kamoliddin I.ni bank tizimi pul o‘tkazmalari orqali pullarini aylantirib, ko‘p foyda olishi mumkinligiga qiziqtiradi.

So‘ng, undan jami 71 200 AQSh dollari va 1 009 258 000 so‘m pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan olib, ushbu pullarni ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Husanjon T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari jarayonida, Kamoliddin I. Qo‘qon shahrida joylashgan xususiy korxona rahbari bo‘lib, Qo‘qon shahri bank filiali mijozi ekanligi, ushbu bank xodimi Husanjon T. bilan ancha yildan beri tanish bo‘lib, unga 20 000 AQSh dollar qarz berganida, Husanjon T. ushbu pullarni bankka qo‘yib foyda olishini aytib, uni qiziqtirib bir oylik foydaning yarmi deb boshlanishiga 2.250.000 so‘m pul olib kelib berib, keyinchalik undan olgan pullari evaziga foydasi deb jami 240.000.000 so‘m pul mablag‘lari berib, u ham qiziqib yanada ko‘proq pul berib borganligi, oradan ma’lum bir vaqt o‘tib, Husanjon T. xorijga chiqish pasportini olib Qirg‘iziston Respublikasiga chiqib ketib qolganligi, undan olgan pullarini bankka qo‘ymasdan ehtiyojlariga sarflab, bir qismiga yer uchastkasi sotib olib, bir qismini tanish ayoliga berganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda Husanjon T.ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.    

«Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida sizga tanish bo‘lmagan insonlarga o‘z xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to‘riga tushmaslik o‘z qo‘lingizda», deyiladi Tergov departamenti xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring