Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qonda sodir etilgan jinoyat bo‘yicha 37 kishi sud qilinmoqda

Qo‘qonda sodir etilgan jinoyat bo‘yicha 37 kishi sud qilinmoqda

Jinoyat ishtirokchilari ishlatgan qurollar.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudida 2020-yil 5-fevral kuni kechasi Qo‘qon shahridagi «Shedevr» choyxonasida sodir etilgan bezorilik va odam o‘ldirishga suiiqasd qilish jinoyatlari va shunga aloqador boshqa jinoyat ishlarini ko‘rish boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bir guruh yoshlar o‘rtasida ro‘y bergan ommaviy to‘polon o‘sha paytda shov-shuvlarga sabab bo‘lib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbirlar olib borildi. Voqea ishtirokchilarining barchasi qo‘lga olingan.

Dastlabki tergov organi Jinoyat Kodeksining 105-moddasi (badanga qasddan o‘rtacha og‘ir jarohat yetkazish), 277-moddasi (bezorilik), 25-97-moddasi 2-qismi (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish), 248-moddasi 2 va 3- qismlari (qonunga xilof tarzda o‘qotar qurolini o‘tkazish va saqlash) kabi jinoyat sodir etgan jami 37 nafar shaxsga nisbatan ayb e’lon qilgan.

– Jinoyat ishi viloyat sudi binosida ochiq sud majlisida sudlanuvchilarning 29 nafar advokatlari ishtirokida ko‘rilmoqda. Hozirda sudlanuvchi va jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlari eshitilmoqda. Pandemiya sababli fuqarolarning sud majlisida ishtirok etishi cheklangan. Shunday bo‘lsada, karantin qoidalariga rioya etgan holda fuqarolarning ochiq sud majlisida ishtirok etishlari imkon darajasida ta’minlanmoqda. Keyingi sud majlislarida sudlanuvchilar bilan birga 60dan ziyod guvohlarning ko‘rsatuvlari eshitiladi. Ish yuzasidan yakuniy qaror qachon chiqarilishi noma’lum, lekin qonuniy va adolatli hukm qonunda belgilangan muddatda chiqariladi, – deydi viloyat sudining sudyasi Rahmatjon Arapov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring