Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda katta pulni o‘zlashtirgan jamiyat rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda katta pulni o‘zlashtirgan jamiyat rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Samarqand tumanidagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabda «F.» MChJ tomonidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

Mahkama matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘rganishda jamiyat rahbarlari smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan qurilish-montaj ishlarini amalda to‘liq bajarilmasdan, ma’lumotlarni qo‘shib yozish orqali 631,7 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shuningdek, viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan yana bir tergovga qadar tekshiruvda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi uchta mahallada qurilgan suv chiqarish inshootida «N.» MChJ tomonidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganilganda, jamiyat rahbarlari smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan qurilish-montaj ishlarini amalda to‘liq bajarilmasdan, ma’lumotlarni qo‘shib yozish orqali 240,5 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring