Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saylovchilarni siylagani aytilayotgan nomzodga nisbatan ma’muriy ish  qo‘zg‘atildi

Saylovchilarni siylagani aytilayotgan nomzodga nisbatan ma’muriy ish  qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz»

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga nomzod  A.A.ga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atildi. Ayni ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi.

Aytilishicha, A.A. o‘z nomzodi ko‘rsatilgan hududda o‘tkazilgan yarmarkada ishtirok etib, «O‘zLidep» logotipi tushirilgan peshtaxtalar orqali o‘zi rahbar bo‘lgan tashkilot tomonidan ishlab chiqarilgan un va yog‘ mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda sotish xizmatini ko‘rsatgan. Shu jarayonda saylovchilar bilan uchrashib, saylovoldi tashviqotlarini olib borgani aniqlangan. Saylov kodeksining 44-moddasiga ko‘ra, tashviqotni saylovchilarga imtiyozli shartlarda tovarlar yetkazib berish, xizmatlar ko‘rsatish bilan qo‘shib olib borish taqiqladi.  Aks holda, shaxs  MJtKning (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks) 51-5-moddasida ko‘zda tutilgan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ayni paytda A.A.ga nisbatan to‘plangan materiallar mazmunan ko‘rib chiqish uchun Chilonzor tumani ma’muriy sudiga yuborilgan.

MJtKning qayd etilgan moddasida saylov tashviqotlarini buzgan nomzod eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima jazosiga tortilishi ko‘rsatilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring