Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda mastlikdan chiqqan janjalda bir fuqaro urib o‘ldirildi

Sirdaryoda mastlikdan chiqqan janjalda bir fuqaro urib o‘ldirildi

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Binafsha mahallasida 2020 yil 3 yanvar kuni soat 18:30da 24 yoshli I.Yu. va 53 yoshli N.M. mast holatda janjallashgan. Janjal ulardan birining o‘limi bilan yakunlangan. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, ikki fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan janjal davomida I.Yu. qo‘llari va oyoqlari bilan N.M.ni urgan va tepgan hamda unga tan jarohatlari yetkazgan. Natijada N.M. Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 53 yoshli fuqaro vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Oqoltin tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 3-qismi, «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. I.Yu. ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring