Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq bank boshqaruvchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sobiq bank boshqaruvchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan «Agrobank» ATB Xovos filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda filialning boshqaruvchisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi bo‘lgan X.B. «Y.T» MChJ bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq jamiyatga 150 mln so‘m kredit ajratish o‘rniga 300 mln so‘m kredit ajratib, jamiyat tomonidan asosiy qarzdorlik va kredit foizlarining to‘lanmasdan qolinishiga sababchi bo‘lganligi, shuningdek, ushbu kredit qarzdorligini to‘lash maqsadida YaTT K.ga go‘yoki «Yog‘ochdan buyumlar tayyorlash faoliyatini rivojlantirish uchun» 55 mln so‘m kredit ajratib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan X.B. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring