Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq MXXchini qabristonda o‘ldirgan «Akfa medline» xodimiga hukm o‘qildi

Sobiq MXXchini qabristonda o‘ldirgan «Akfa medline» xodimiga hukm o‘qildi

Toshkent shahridagi qabristonda ro‘y bergan qotillik tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. 2018 yil 5 sentyabr kuni «Shayx Zayniddin» qabristonidan bo‘yni kesilgan jasad topilgan edi. Bu haqda «Huquq» gazetasi xabar tarqatdi.

Toshkent shahri prokuraturasi alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Jasurbek Mahmudovga ko‘ra, tergov-surishtiruv jarayonida qotillik «Akfa medline» klinikasi xodimi tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, marhum bir muddat Milliy xavfsizlik xizmatida ishlagach, oilaviy sharoiti to‘g‘ri kelmagani uchun ishdan bo‘shagan. Shundan keyin spirtli ichimlikka ruju qo‘yib, firibgarlik yo‘liga kirgan. U tanishi – «Akfa medline» klinikasi xodimidan ham 8 million so‘mga yaqin qarz olgan, ammo qaytarib bermagan. Ikki tanish qabristonga qarz oldi-berdisini hal etish uchun boradi. Ammo o‘zaro nizolashuv oqibatida «Akfa medline» klinikasi xodimi qarzdor tanishini bo‘yniga pichoq tortib o‘ldiradi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudi hukmiga ko‘ra, qotillikda ayblangan shaxsga 16 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Manba: azon.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring