Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud raisini «shantaj» qilgan shaxs jinoyat ustida qo‘lga olindi

Sud raisini «shantaj» qilgan shaxs jinoyat ustida qo‘lga olindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi raisi M.H. «shantaj»ga uchradi.

Mahalliy fuqaro B.Q. uning o‘zi, otasi va ukasining ustidan yuqori turuvchi organlarga shikoyat yozishni to‘xtatish evaziga undan pul talab qiladi. Bunday holatda qanday harakat qilishni qonun peshvosi yaxshi biladi: go‘yoki talabga rozilik bildiradi, so‘ng...

Qisqasi, B.Q. tuman sudi raisidan jami 78 millon so‘m pulni olayotgan paytda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, holat bo‘yicha allaqachon jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring