Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudyalar Oliy maktabida ikki kunlik seminar-trening boshlandi

Sudyalar Oliy maktabida ikki kunlik seminar-trening boshlandi

Foto: Sudyalar oliy maktabi

Bugun, 3-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabining tashabbusi bilan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Markaziy Osiyo mintaqaviy bo‘linmasi, Xalqaro yuristlar komissiyasi hamkorligida «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq sohasidagi xalqaro standartlar» mavzusida ikki kunlik xalqaro seminar-trening boshlandi.

Foto: Sudyalar oliy maktabi

Mazkur treningdan  asosiy maqsad sudyalar, advokatlar, prokurorlar, huquqshunos olimlar va boshqa fuqarolik jamiyati vakillarining sohadagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va xorijiy hamkasblar tajribalaridan foydalangan holda milliy amaliyotni yanada boyitishdir.

Xalqaro seminar-trening to‘rt moduldan iborat bo‘lib,  kun tartibiga binoan ikkita yangi zamonaviy interfaol modul asosida rivojlangan demokratik mamlakatlar tajriba va  amaliyotlari yuzasidan muzokaralar o‘tkaziladi.

Foto: Sudyalar oliy maktabi

Ikki kunga mo‘ljallangan seminar-trening ishida  Yevropa ittifoqi va BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari hamda xalqaro ekspertlari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan huquqiy tashkilotlar, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud vakillari hamda Yuridik universiteti professor o‘qituvchilari va amaliyotchi talabalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring