Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sudyalar oliy maktabiga kimlar va qanday tartibda qabul qilinadi?

Sudyalar oliy maktabiga kimlar va qanday tartibda qabul qilinadi?

Foto: «Google.com»

2019 yil 6 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Sudyalar oliy kengashi huzurida Sudyalar oliy maktabi tashkil qilingan edi. Joriy yil 5 iyulda Sudyalar oliy maktabi magistraturasiga 2019/2020 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi. Alohida ta’kidlash kerak: 2020 yil 1 yanvardan boshlab, Sudyalar oliy maktabining 1 yillik o‘quv kursini tamomlamagan nomzod sudyalikka tayinlanmaydi.

Ushbu ta’lim muassasasida kimlar o‘qish huquqiga ega?

Magistraturaga qabul qilish faqat sudyalik lavozimi zaxirasida bo‘lgan shaxslar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda) belgilangan qabul kvotalariga muvofiq davlat grantlari asosida amalga oshiriladi.

Oliy maktab magistraturasiga 2019/2020 o‘quv yilida jami 60 nafar talabgor qabul qilinadi (shu jumladan: fuqarolik ishlari bo‘yicha – 15; jinoyat ishlari bo‘yicha – 15; iqtisodiy – 15; ma’muriy – 15 nafar). Magistraturaga nomzodlar uchun qabul 25 iyulga qadar davom etadi.

Ular tomonidan oliy maktab qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

1) magistratura mutaxassisligi va ixtisosligi nomi ko‘rsatilgan holda Sudyalar oliy maktabi direktori nomiga ariza;

2) oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi hamda unga ilova;

3) 3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat.

Hujjatlar taqdim etilayotganda talabgorlar pasportini shaxsan ko‘rsatadilar.

Kirish imtihonlari joriy yilning 15 avgust kunidan 25 avgustiga qadar mutaxassislik fanlaridan (test) va chet tilidan (test) sinovlari hamda huquqiy mavzuda yozma ish (insho) tarzida o‘tkaziladi.

Magistraturaga kirish sinovi umumiy bali quyidagilardan tashkil topadi:

- talabgorlar mutaxassislik bo‘yicha test topshirishadi (50 ball) hamda insho yozishadi (50 ball). Mutaxassislik bo‘yicha umumiy ball 100 ni tashkil etadi.

- talabgorlar chet tili fani bo‘yicha test topshiradi (50 ball).

Milliy sertifikat yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan talabgorlarga chet tili fanidan sinovlarsiz maksimal ball beriladi:

ingliz tili uchun – milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5.5), Testof Englishas a ForeignLanguage(TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro sinov tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

nemis tili uchun – milliy sertifikat yokiGoethe-Zertifikat, DeutschesSprachdiplom (DSD), TestDeutschalsFremdsprache (Test DAF) xalqaro sinov tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

fransuz tili uchun – milliy sertifikat yoki Diplômed’EtudesenLangueFrançaise (DELF), TestdeConnaissanceduFrançais (TCF) xalqaro sinov tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun – milliy sertifikat yoki xalqaro sinov tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 vaundan yuqori.

Oliy maktab magistraturasida o‘qitish davlat tilida amalga oshiriladi. O‘qish muddati sentyabr oyidan boshlanadigan 1(bir) o‘quv yilini tashkil etadi.

Arslon EShMURODOV

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring