Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TATU talabasi yozgi ta’til vaqtida o‘z uyida bosqinchilik qurboni bo‘ldi

TATU talabasi yozgi ta’til vaqtida o‘z uyida bosqinchilik qurboni bo‘ldi

Foto: TATU matbuot xizmati

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiringi fakulteti ikkinchi bosqich talabasi Sharobiddinov Asilbek Ozodmirza o‘g‘li 28-iyun kuni tunggi soat 3:45larda noma’lum ikki fuqaro tomonidan o‘z xonodonida vahshiylarcha pichoqlab ketilgan. Natijada Asilbek voqea joyida vafot etgan. Bu haqda TATU matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni vaqtda Sirdaryo viloyati Guliston tuman IIB tomonidan qidiruv-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharofiddinov Asilbek Ozodmirza o‘g‘li 1997-yilda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, 2017-yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiringi fakultetining «Kompyuter injiringi»  yo‘nalishi 1-bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. Sharofiddinov Asilbek shu fakultetda o‘qishi davomida o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata olgan, kursdoshlari orasida hurmat qozongan, fanlarni yaxshi baholarga o‘zlashtirib kelgan. Shu bilan birga, mobil ilovalar yaratish, veb-dizaynerlik, kompyuter grafikasi kabi to‘garaklarda qatnashib kelgan. Shuningdek, u yaqin kunlarda IELTS sertifikatini olish uchun sinov imtihoniga tayyorgarlik ko‘rib kelayotgan edi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati marhum Asilbek Sharobiddinov oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildiradi, deyiladi universitet xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring