Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati hokimligi faoliyatida 111 ta korrupsion xatar aniqlangan

Toshkent viloyati hokimligi faoliyatida 111 ta korrupsion xatar aniqlangan

Foto: «Xabar.uz»

Bu haqda bugun AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilingan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Markaziy bank hamda Moliya vazirligida «yo‘l xaritalari» ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz tashkil etilgani aniqlandi.

Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklarida korrupsiyaga qarshi «komplayens nazorat» tizimi joriy etilmagan.

Toshkent viloyati hokimligi faoliyatida 111 ta korrupsion xatar aniqlangan, shundan 96 tasi (86 foiz) yuqori, 14 tasi (13 foiz) o‘rta va 1 tasi past darajadagi korrupsion xatar. Jumladan, qurilish sohasida davlat buyurtmasini tanlov asosida joylashtirish va uning bajarilishini nazorat qilish funksiyasi, hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, yerlarni tanlash, ajratish va xususiylashtirish, investitsiya loyihalarini muvofiqlashtirish va majburiyatlarni bajarilishini nazorat qilish, davlat mulkini xususiylashtirish, eksport dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda kadrlar zaxirasini shakllantirish, kadrlarni tanlash va ishga joylashtirish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring