Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bola o‘g‘risi ushlandi 

Toshkentda bola o‘g‘risi ushlandi 

Foto: «163gorod.ru»

10-iyun, yakshanba kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi 2 yoshli Ziyodullayev Sarvarbekning yo‘qolgani to‘g‘risidagi xabar va gumon qilinayotgan ayol fotosurati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi. Milliy gvardiya matbuot xizmati «Daryo» nashriga bolaning topilgani to‘g‘risida xabar bergan.

Milliy gvardiyaning tezkor guruhi qidiruv e’lon qilinganidan bir necha soat o‘tib, aniqrog‘i 22:30 da yo‘qolgan bola topildi va ota-onasining bag‘riga qaytarildi.

Bolani Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan ayol o‘g‘irlagani aniqlandi. Aybdor Chilonzor tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring