Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda kredit uchun 30 ming AQSh dollari talab qilgan firibgar qo‘lga olindi

Toshkentda kredit uchun 30 ming AQSh dollari talab qilgan firibgar qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan «L.M.S» MChJ rahbari S.A.ning murojaatiga asosan tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqaro D.I. «F.R» MChJ rahbari S.A.ning ishonchiga kirib, unga ATB «Ipotekabank»ning hududiy filiallaridan birining mansabdor shaxslarini moddiy manfaatdor qilish orqali 1,3 mln. yevro miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratilishida amaliy yordam berishni va’da qilgan. Ushbu xizmati evaziga esa 30 ming AQSh dollari talab qilgan.

D. I. talab qilingan mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Mazkur holat yuzasidan D.I. va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring