Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentning yangi tumanida sud tashkil etiladi

Toshkentning yangi tumanida sud tashkil etiladi

Foto: «Xabar.uz»

«Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani tashkil etilishi munosabati bilan sud tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF-6143, 20.01.2021-y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Toshkent shahrida Yangihayot tumani tashkil etilishi munosabati bilan Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi tashkil etiladi.

Yangihayot tumani:

➖ Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi;

➖ Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi;

➖ Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining yurisdiksiya hududiga kiritiladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali, Mirzo Ulug‘bek tuman (Toshkent shahri) hamda Kattaqo‘rg‘on shahar (Samarqand viloyati) sudlarining bittadan sudya va bittadan sudya yordamchisi shtat birliklari Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudiga o‘tkazilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning tegishli qarori bilan Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring