Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada fohishabozlik qilishga ayollarni yollagan shaxs ushlandi

Turkiyada fohishabozlik qilishga ayollarni yollagan shaxs ushlandi

Foto: BBC

Asli xorazmlik, Jizzax shahrida vaqtincha istiqomat qilayotgan, muqaddam sudlangan Belova Yekatirina (ismi sharifi o‘zgartirilgan) jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Sergeli tumani sudining 2019-yil 31-yanvardagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JKning 223-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, jazoga tortilgan. Biroq u o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan takroran jinoyatga qo‘l urdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining sudyasi E.Qarshiyevning «Xabar.uz»ga xabar berishicha, Y.Belova shahvoniy va boshqa g‘araz maqsadlarda S.Norovani (ismi sharifi o‘zgartirilgan) yollab, unga Turkiyaning Istambul shahrida har oyda 3.000 AQSh dollaridan pul ishlab topishini, har bir mijoz bilan jinsiy aloqada bo‘lganligi uchun 100-150 turk lirasi miqdorida pul ishlab olishini aytib, uni fohishalik qilish bilan shug‘ullanishga da’vat qiladi. Uning yo‘l harajatlarini o‘z hisobidan to‘lab, S.Norovani I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti Istambul shahriga kuzatish maqsadida 2019-yil 30-may kuni soat 14.00 da yo‘lovchi avtomashinada olib ketayotgan vaqtida Jizzax viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan ushlanadi.

Dastlabki tergovda aniqlanishicha, Y.Belova bundan tashqari L.Solova va J.Petrovalarni (ismi shariflari o‘zgartirilgan) ham yollab, fohishalik bilan shug‘ullanishi uchun Istambul shahriga olib ketmoqchi bo‘lgan.

Sudlanuvchi Y.Belovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK 135-moddasi 2-qismining «b,g,d,z» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 2019-yil 9-sentyabridagi hukmiga ko‘ra Ye.Belova O‘zbekiston Respublikasi JK 135-moddasi 2-qismining «b,d» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, JKning 60, 61-moddalariga asosan uzil-kesil 3 (uch) yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring