Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uyida kuchli portlovchi pirotexnika yasayotgan shaxs ushlandi

Uyida kuchli portlovchi pirotexnika yasayotgan shaxs ushlandi

Foto: IIBB axborot xizmati

Shu kecha kunduzda IIBB xodimlari Toshkent viloyati hududida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi shahar-tumanlar kesimida nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazishmoqda.

Viloyat IIBB JQB tezkor xodimlari tomonidan Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan ana shunday tadbir davomida Madaniyat MFYda yashovchi 25 yoshli M.B. o‘zining uyida, kuchli portlovchi pirotexnika vositalarini qo‘l bola usulda tayyorlayotgani aniqlangan.

Holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda uning xonadonidan 100 dan ortiq yelim (santexnika) quvur bo‘laklari va bir nechta idishda ushbu vositani yasash uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar, dazmol va boshqa buyumlar daliliy ashyo sifatida olingan.

Surishtiruv davomida fuqaro M.B. ushbu pirotexnika vositalarni tayyorlashda foydalangan moddasini Bektemir tumani Yangiobod bozoridan, o‘ziga notanish bo‘lgan shaxsdan 130 ming so‘m evaziga sotib olganligi, so‘ng unga o‘zining tomorqasida foydalanish uchun saqlayotgan amiyak slitrasi va bir necha boshqa moddalarni qo‘shib tayyorlaganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring