Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazmdagi pedofillar ishi qaytadan ko‘rib chiqiladi

Xorazmdagi pedofillar ishi qaytadan ko‘rib chiqiladi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi ajrimining A. M. va A. Q. ga oid qismini bekor qilib, ishni yangitdan apellyasiya instansiyasi sudida ko‘rish uchun yuborish to‘g‘risidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2023 yil 6 apreldagi ajrimi bilan Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti qanoatlantirilib, ushbu jinoyat ishini yangitdan appellyasiya instansiya sudida ko‘rish uchun yuborilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Xorazm viloyati adliya va FVB boshliqlarining jirkanch ishlari oshkor bo‘lgach, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

So‘ngra Bosh prokuratura tomonidan Xorazmda yetim qizlarning zo‘rlangani holati bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha chiqarilgan sud hukmi va appelyasiya instansiyasining ajrimlari qonuniyligi o‘rganilgan hamda A.Masharipov va A.Kuryazovlarga yengil jazo tayinlanganligi va boshqa holatlar yuzasidan Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasi sudiga protest keltirilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring