Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobod hokimi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Yunusobod hokimi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkent shahri, Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari E.Z. fuqarodan pora olayotganida qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov «Xabar.uz»ga xabar berishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari  tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari E.Z. fuqaro R.M.dan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga egalik huquqini e’tirof etish bo‘yicha tuman hokimining qarorini chiqarib berish evaziga 5.000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan 11.10.2019-yilda Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti tomonidan E.Z.ga nisbatan JK 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring