Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Karantin sharoitida tibbiy majburlov chorasi qo‘llanishi mumkin (infografika)

Karantin sharoitida tibbiy majburlov chorasi qo‘llanishi mumkin (infografika)

Infografika: «Huquqiy axborot» telegram-kanali

Karantin sharoitida tibbiy majburlov chorasi qo‘llanishi mumkin — bu haqda «Huquqiy axborot» telegram-kanali ma’lum qildi.

Kecha (26.03.2020 y.) Prezident tomonidan imzolangan «Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi sharoitida qo‘llashni nazarda tutuvchi 29-2-modda bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzgan shaxsga nisbatan davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilishi mumkin.

Tibbiy majburlov chorasi 30 sutkagacha bo‘lgan muddatda ma’muriy jazo tayinlash bilan birga qo‘llaniladi.

Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining ijrosi davlat sanitariya nazorati, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari tomonidan ta’minlanadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran (26-mart) kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring