Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus bilan kasallanishi mumkin bo‘lgan jonivorlar ro‘yxati tuzildi (infografika)

Koronavirus bilan kasallanishi mumkin bo‘lgan jonivorlar ro‘yxati tuzildi (infografika)

Infografika: Matt Verdolivo/UC Davis

Olimlar koronavirus infeksiyasini yuqtirib olishi mumkin bo‘lgan jonivorlar ro‘yxatini tuzishdi — unga umurtqalilarning 410 turi kiritilgan. Ushbu ilmiy ish haqida «Ommaviy mexanika» yozmoqda.

Ro‘yxatni shakllantirishda olimlar jonivorlarda angiotenzinga aylanuvchi ferment 2 bor-yo‘qligiga e’tibor qaratishdi. Chunki ayni shu ferment koronavirus uchun hujayralarga «kirish nuqtasi» sanaladi.

Jonivorlar beshta xavf guruhiga taqsimlandi (infografika).

Eng xavfli guruh:

  • tor burunli maymunlar va gominidlar (jami 18 turi).

Ikkinchi guruh:

  • kitlar, delfinlar, kemiruvchilar, bug‘ular, lemursimon primatlar, chumolixo‘rlar va boshqalar (jami 28 tur).

O‘rtacha xavf guruhi:

  • mushuksimonlar, jumladan, uy mushugi, juft tuyoqlilar, quyonsimonlar.

To‘rtinchi guruh:

  • itlar, cho‘chqalar, otlar, fillar (Afrika).

Eng xavfsiz guruh (bu jonivorlar koronavirusni yuqtirib olishi ehtimoli juda past):

  • qushlar, dengiz mushuklari, timsohlar, uy sichqonlari va boshqalar.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring