Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, qo‘shnilar va jahondagi vaziyat, 25-mart (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, qo‘shnilar va jahondagi vaziyat, 25-mart (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 25-mart kuni O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19)ga chalinganlar soni oltitaga ko‘payib, jami 59 nafarga yetdi.

Qo‘shni mamlakatlarda koronavirus bo‘yicha vaziyat quyidagicha: Qozog‘istonda 80, Qirg‘izistonda 44, Afg‘onistonda 79 nafar insonda (bir kunda koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 37 ta holat aniqlandi).

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida shu paytgacha koronavirus eng ko‘p aniqlangan mamlakatlar: Xitoy (81 611), Italiya (69 176), AQSh (55 243), Ispaniya (47 610) va Germaniya (35 353).

Yuqoridagi infografikaga e’tiborni qaratsangiz ayni paytda Xitoy «koronavirus yetakchisi» maqomida emas: ko‘plar tuzalib ketib, hozir mamlakatda 4 603 nafar koronavirus bemori qoldi. Bugun, 25 mart sanasiga kelib ayni paytda koronavirus kasalligidan tuzalib ketmaganlarni nazarda tutadigan bo‘lsak, AQSh yetakchiga aylandi — 54 087 nafar bemor. Italiyada — 54 030, Ispaniyada — 38 809, Germaniyada — 31 632 nafar bemor davolanmoqda. 

Koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha Italiya (6 820) Xitoydan (3 285) ikki karra ildamlab ketdi, qolaversa, bugun Ispaniya (3 434) Xitoyni ortda qoldirdi. Eronda — 2 077, Fransiyada — 1 100 ta o‘lim qayd etildi.

25-mart kuniga kelib, dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar soni 438 749 nafarga yetdi, shundan 19 675 nafari vafot etgan, 111 895 nafar bemor tuzalgan. Bugun 42 500 nafar insonda koronavirus aniqlandi, 2 423 nafar bemor vafot etgan, 8 561 nafar bemor sog‘ayib ketgani qayd etilgan.

Ayni paytda dunyoning 172 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring