Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 9-aprel (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 9-aprel (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 9-aprel — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 26-kuni.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, 8-aprel holatiga, mamlakatimizda COVID-19ni yuqtirganlar jami soni 546 nafarga yetdi: 30 nafar bemor sog‘ayib ketgan, uch nafari vafot etgan.

Bir sutkada 26 nafar yangi bemor aniqlandi.

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus eng ko‘p tarqagan mamlakatlar — AQSh (418,4 ming), Ispaniya (146,6 ming), Italiya (139,4 ming), Fransiya (112,9 ming) va Germaniya (110,6 ming).

9-aprelning ayni soatlariga kelib, dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 1.492.023 nafarga yetdi, shundan 87.463 nafari vafot etgan, 319.091 nafar bemor sog‘ayib ketgan.

Dunyoning 184 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.


Eslatma: ayrim raqamlar soniyasiga yangilanib turgan global manbalardagidan farqlanishi mumkin — koronavirus juda tez tarqamoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring