Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

300 milliard so‘mlik kredit liniyalari ochiladi

300 milliard so‘mlik kredit liniyalari ochiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalarga aylanma va investitsiyani ko‘paytirish uchun qo‘shimcha 300 milliard so‘mlik kredit liniyalari ochiladi. Bu kreditlar bo‘yicha foizlarning bir qismini Tadbirkorlik jamg‘armasidan qoplash tartibi joriy qilinadi.

Yig‘ilishda xorijiy sayyohlarning O‘zbekistonda bir kun ko‘proq qolishi – yillik turizm eksportini 300 million dollarga oshirishi ta’kidlandi.

Misol uchun, bugungi kunda Xorazmda turistlarning qolish muddati – o‘rtacha 2 kun, sarflaydigan mablag‘i – 220 dollar. Xorijiy turistlar Buxoro, Samarqandga qaraganda Xorazmda 2,5 baravar kam. Lekin, Xorazmda sayyohlarni 3-4 kun olib qolish va 400-500 dollar xarajat qilishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Yoki, o‘tgan yili 31 ta tuman va 143 ta mahalla turizmga ixtisoslashtirib, ularda alohida soliq rejimi joriy qilindi. Bu imkoniyatdan Forish, Urgut, Xo‘jayli, Payariq, Nurota tumanlari va Angren shahri samarali foydalangan.

Na temir yo‘li bor, infratuzilmasi rivojlanmagan, chekka hududda joylashgan bu tumanlarda shuncha o‘zgarish bo‘lib, sharoiti ancha yaxshi bo‘lgan Kogon, Kitob, Xatirchi, Qiziltepa, Yangiqo‘rg‘on, Toyloq, Boysun, Parkent, Bog‘ot tumanlari bu imkoniyatlardan foydalanmayotgani tanqid qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring