Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

73 xil turdagi tovarlar aksiz solig‘iga tortilmaydigan bo‘ldi

73 xil turdagi tovarlar aksiz solig‘iga tortilmaydigan bo‘ldi

Prezident tomonidan 2020-yil 30-dekabrda gi “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat buyudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarori qabul qilingandi.

Toshkent tumanida qaror yuzasidan maxsus tadbir tashkil etildi.

Soliq boshqarmasi mutasaddilari va Toshkent tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan korxonalarga chiqib o‘tkazilgan mazkur tadbirning maqsadi, O‘zbekiston Respublikasining ushbu qonunida qayd etilgan 2021 yil uchun soliq siyosatida asosiy o‘zgarishlarni soliq to‘lovchilar hamda keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan.

Ta’kidlash kerakki, 2021-yil O‘zbekiston Soliq kodeksiga bir qator yangilanishlar va o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, soliq siyosatida soliqlarning asosiy stavkalari saqlab qolindi.

- Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi ham aniqlashtirilashtirildi va 15 foiz stavka o‘zgarishsiz qoldi - deydi Toshkent tumani davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Sanjar Abduvaliyev.

Shuningdek, 73 xil turdagi tovarlar aksiz solig‘iga tortilmaydigan bo‘ldi. Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi malakali mutaxassislari bilan hamkorlikda soliq kodeksdagi yangilanishlar va o‘zgartirishlarni soliq to‘lovchilarga keng tushuntirish hamda mazkur qaror ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari barcha hududlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring