Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AES qurilish maydonida ikkinchi bosqich ishlariga start berildi

AES qurilish maydonida ikkinchi bosqich ishlariga start berildi

Foto: O‘zatom

Joriy yilning 29 iyun kuni atom elektr stansiyasi qurilishi uchun tanlangan Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi hududda muhandislik-tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichini boshladi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda, «O‘zatom» agentligi, «Rosatom» davlat korporatsiyasi, O‘zbekiston geoaxborot shaharsozlik davlat kadastri loyihalash ilmiy tekshirish instituti (O‘zGAShKLITI) mutaxassislari, «Atomstroyeksport» AJ vakillari, hamda Forish tumani mas’ullari va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Yurtimizda atom elektr stansiyasi qurilishi uchun tanlab olingan taxminiy maydonlarda muhandislik-tadqiqot ishlarining birinchi bosqichi yakunlangani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Unda Navoiy va Buxoro viloyatlarining To‘dako‘l suv ombori yaqinidagi 4 ta, Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li atrofida joylashgan 3 ta maydonda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgani va o‘rganishlar natijasida Jizzax viloyatining Tuzkon ko‘li yaqinidagi hudud atom elektr stansiyasi qurilishi uchun maqbul joy sifatida tanlangani e’lon qilindi.Aynan mana shu atom elektr stansiyasi qurilishi uchun tanlangan hududda muhandislik tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichiga start berildi.

Mazkur hududda «Atomstroyeksport» AJ mutaxassislari tomonidan geofizik, seysmologik tadqiqot ishlari amalga oshiriladi. Mutaxassislar hududning geologik va geofizik tahlilini o‘rganib, ulardan olingan natijalar asosida O‘zbekistonda quriluvchi birinchi atom elektr stansiyasining texnik loyihasini ishlab chiqish ishlari davom ettiriladi. Ta’kidlash lozimki, mazkur tadqiqot ishlari jarayoni O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralari nazoratida bo‘lib, tadqiqot ishlarini tashkil etishda O‘zGAShKLITI ham jalb etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring