Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Agrobank Isroilning «Ashra» agentligi bilan hamkorlik qiladi

Agrobank Isroilning «Ashra» agentligi bilan hamkorlik qiladi

Foto: Agrobank

Mamlakatimizda xalqaro hamkorlikni kengaytirish va o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish borasida jadal ishlar olib borilmoqda.

Agrobank matbuot xizmatining xabar berishicha, yaqinda O‘zbekiston Respublikasining Isroildagi elchixonasi Isroilning «Ashra» eksport-kredit agentligi hamda yurtimizdagi yetakchi moliya kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini yanada oshirish maqsadida onlayn-taqdimot o‘tkazdi.

Unda Isroil tomonidan qishloq va suv xo‘jaligi, tibbiyot, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar, «yashil» texnologiyalar (tabiatni muhofaza qilish), bank-moliya kompaniyalari ishtirok etishdi.

Muloqat davomida Isroil O‘zbekistonning bugungi kundagi iqtisodiy ahvoli (koronavirus pandemiyasi oqibatlarini hisobga olgan holda), jumladan sanoat, qishloq xo‘jaligi va bank tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga doir fikr almashdilar.

Agrobank vakillari Isroil banklari va yetakchi moliya kompaniyalari bilan ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan axborotlar bo‘yicha batafsil javob olish bilan bir qatorda hamkorlik yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.

Shuningdek, iqtisodiy tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli kredit liniyalarni jalb etish bo‘yicha ham kelishib olindi.

Qizg‘in bahs-munozaralar asosida kechgan onlayn-taqdimotda tegishli vazirlik, idoralar vakillari va Agrobank rahbariyati faol ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring