Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Andijon neft bazasi»da ob-havo keskin isishiga tayyorgarlik ko‘rildi

«Andijon neft bazasi»da ob-havo keskin isishiga tayyorgarlik ko‘rildi

«Andijon neft bazasi» mas’uliyati cheklangan jamiyatidagi ishlar «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topshiriq va ko‘rsatmalari asosida tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Respublika hududida haroratning keskin ko‘tarilishi va o‘rtacha yillik ko‘rsatkichidan 5-6 daraja ortiq bo‘lgan issiq ob-havo kutilayotganligi munosabati «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 25 maydagi 171-sonli buyrug‘i hamda shu kungi 28-3-08/103 sonli faksogrammasi ijrolarini ta’minlash bo‘yicha ham jamiyatda bir qator ishlar tashkil etilmoqda.

«Andijon neft bazasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi filial va bo‘limlarda yong‘inlar va favqulotda holatlarning oldini olish, korxonalarning xavfsiz va bir maromda ishlashini, iste’molchilarga neft mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash, texnologik va ishlab chiqarish intizomi, texnik ekspluatatsiya, mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, yong‘in, sanoat va harakat xavfsizligi, avtotransport vositalarining texnik ekspluatatsiyasi holatlariga e’tibor va mas’uliyat yanada kuchaytirilgan.

Ob’yektlardagi avtotransport vositalarining texnik holati tegishli mutaxassislar tomonidan yana bir bor tekshirib chiqildi. Ishchi-xodimlar, AYoQSh, FYoTShlar operatorlari maxsus kiyim, poyabzal va shaxsiy himoya vositalari bilan o‘rnatilgan me’yorlar darajasida ta’minlash hamda ish vaqtida doimo maxsus kiyimda bo‘lishlari nazoratga olindi.

Korxonalar hududi qurigan o‘tlar va shox-shabbalardan muntazam tozalanib borilmoqda. Hozirda sinov tariqasida begona o‘tlar o‘sib chiqqan hududlarga havo o‘tkazmaydigan material (qora plyonka) yotqizilib, uning ustiga tuproq tortilmoqda.

Yong‘inga qarshi suv xavzalarining doimiy ravishda suv bilan to‘lib turishi va suv nasoslarining ishchi holatda bo‘lishi nazoratga olingan. Oftob va issiq urganda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini o‘rgatish bo‘yicha xodimlarga qo‘shimcha yo‘riqnomalar o‘tkazildi.

Jamiyat tassarufidagi bo‘sh yerlardan ham samarali foydalanish maqsadida mart oyidan boshlab har bir ekin maydonlari tegishli bo‘limlarga biriktirildi. Bo‘lim xodimlari tomonidan poliz ekinlari hamda grek yong‘og‘i daraxt ko‘chatlari ekilib, parvarishlanmoqda.

Shuningdek, respublikada koronavirus pandemiyasi munosabati bilan ma’muriy binolar va ishlab chiqarish bo‘linmalarida sanitariya-epidemiologiya talablariga asosan choralar ko‘rilgan.

Bugungi kunda Andijon viloyati iste’molchilarining yillik avtobenzinga bo‘lgan talablari 45 ming tonna, dizel yonilg‘isiga bo‘lgan talab esa 60,5 ming tonnani tashkil etadi.

«Andijon neft bazasi» MChJ filiallarga qarashli tumanlarda joylashgan jami 75 ta FYoTShlar orqali qishloq xo‘jaligi iste’molchilariga yoqilg‘i moylash mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring