Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim tumanlarda 1 kg paxtaga 200 so‘m qo‘shimcha ustama to‘lanadi

Ayrim tumanlarda 1 kg paxtaga 200 so‘m qo‘shimcha ustama to‘lanadi

Vazirlar Mahkamasining «2020-yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

Quyidagi tumanlarda qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun tavsiya etilgan tarif stavkasiga davlat budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 200 so‘mdan ustama haq to‘lanadi:

- Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining barcha tumanlari;
- Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l, Qorao‘zak, Kegeyli, Qo‘ng‘irot, Taxtako‘pir, Xo‘jayli, Shumanay, Chimboy va Nukus tumanlari;
- Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Mirishkor, Nishon, Kasbi, Qarshi tumanlari;
- Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Bandixon, Muzrabot va Sherobod tumanlari.

- qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun birinchi terimda - 1 000 so‘mdan, ikkinchi terimda - 1 400 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi to‘lanadi;

- paxta terish mashinalari bilan terib olingan har bir tonna paxta xomashyosi uchun 920 000 so‘mdan kam bo‘lmagan xizmat haqi to‘lash;

- paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalariga yuqorida tavsiya etilayotgan narxlardan kam bo‘lmagan holda mustaqil narx belgilash huquqi berildi;

- paxta xomashyosi uchun mehnat va xizmat haqi har besh kunda, zarurat bo‘lganda, har kuni to‘lash tavsiya etildi;

- ishsiz hamda vaqtinchalik band bo‘lmagan aholidan iborat terim otryadlari rahbarlari bilan mavsumiy ishga qabul qilish bo‘yicha fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuziladi hamda terim otryadlari rahbarlariga paxta xomashyosi yig‘im-terimi yakuniga qadar 2 million so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi to‘lanadi. Shuningdek, ushbu xarajatlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi;

- paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalariga paxta xomashyosini terib olish uchun yillik 16 foiz stavkada (shundan 1 foiz bank marjasi) kredit ajratish maqsadida uch oy muddatda qaytarish sharti bilan “Agrobank” ATB depozitiga 1,3 trillion so‘mgacha mablag‘lar joylashtiriladi;

- Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida paxta yig‘im- terim mavsumida jalb qilinadigan paxta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paxta xomashyosini yig‘ib-terib olish xizmat bahosining 30 foizi Moliya vazirligi tomonidan qoplab beriladi;

- paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalar hamda fermer xo‘jaliklari tomonidan xorijdan olib kelinadigan yuqori unumli paxta terish texnikalari, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari, istisno tariqasida, 2021 yil 1 sentyabrgacha bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadi va “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini 270 kungacha bo‘lgan muddatga kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi;

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari ta’lim, sog‘liqni saqlash tashkilotlari va boshqa budjet tashkilotlari xodimlarini hamda ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalarini paxta xomashyosi yig‘im- terimiga jalb qilish holatlarining oldini olish va bunga chek qo‘yishyuzasidan shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring