Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bozorlarda shakar va kartoshka qimmatlashib bormoqda

Bozorlarda shakar va kartoshka qimmatlashib bormoqda

Davlat statistika qo‘mitasi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari bo‘yicha ma’lumot berdi.

2021 yil 10 noyabr holatiga ko‘ra:

Suyakli mol go‘shti (1 kg) - 45000 – 68000 so‘m;

Qo‘y go‘shti (1 kg) - 52000 – 80000 so‘m;

Kartoshka (1 kg) - 3000 – 7000 so‘m;

Piyoz (1 kg) - 1200 – 4000 so‘m;

Sabzi (1 kg) - 1000 – 5500 so‘m;

Tuxum (10 dona) - 7000 – 15000 so‘m;

Guruch (1 kg) - 5000 – 17 500 so‘m;

O‘simlik yog‘i (1 l) - 14000 – 24000 so‘m;

Shakar (1 kg) - 7500 – 10000 so‘mni tashkil etdi.

Ikki xafta avvalgi narxlar  bilan solishtirganda, kartoshka narxi biroz ko‘tarilgan ( eng arzoni narxi 3 ming so‘m). Sabzi narxi esa tushgan ( eng arzoni narxi ming so‘m). Shuningdek, shakar narxi ham 9,5 ming so‘mdan 10 ming so‘mga ko‘tarilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring