Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dollar kursi apreldan buyon ilk marta ko‘tarildi

Dollar kursi apreldan buyon ilk marta ko‘tarildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 24 iyuldan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollarning kursi o‘tgan haftaga nisbatan +1,57 so‘mga ko‘tarildi va 7789,38 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa +27,54 so‘mga qimmatlab, 9127,60 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa aksincha, 1,72 so‘mga arzonladi — 122,82 so‘m.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh dollari so‘nggi bor shu yilning 30 aprelida 3 tiyinga oshgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring